Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞ savdo vakili, elçi Jyeymison Grir bilan uçraşuv ötkazib, amerikalik investorlarning Özbekistonga bölgan qiziqişi sönggi vaqtlarda izçil ravişda ortib borayotganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, mamlakatda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar, oçiqlik siyosati va biznes uçun yaratilayotgan qulay şart-şaroitlar xorijiy sarmoyadorlar uçun jozibador muhit yaratmoqda.

Uçraşuv davomida tomonlar ikki davlat örtasidagi savdo munosabatlarini yanada rivojlantiriş, özaro manfaatli asosda yangi kelişuvlar işlab çiqiş hamda amalga oşirilayotgan loyihalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Xususan, sanoat, infratuzilma, energetika va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş istiqbollari alohida qayd etildi.

Şuningdek, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoniga ham alohida e’tibor qaratildi. Saida Mirziyoyeva mazkur yönalişda AQŞ tomonidan bildirilayotgan qöllab-quvvatlovni yuqori baholab, elçi Jyeymison Grirga minnatdorlik bildirdi. Ta’kidlanişiça, JSTga a’zolik mamlakat iqtisodiyotini jahon bozoriga yanada çuqur integratsiya qiliş, eksport salohiyatini oşiriş va investitsiya oqimini köpaytirişga xizmat qiladi.

Tomonlar muloqot yakunida Özbekiston va AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldi.