Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi
Ayol Chu daryosi orqali chegaradan o‘tganida qo‘lga olindi.
Foto: 24.kg
Chegarachilar Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasini Chu daryosi orqali noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga tayanib 24.kg xabar berdi.
«Chegara nazorati chog‘ida Qozog‘iston hududida, davlat chegara chizig‘iga yaqin joyda «Mersedes» rusumli avtomashina topildi. Shundan so‘ng, chegarachilar chegaraning avtomashinaga qarama-qarshi qismini tekshirdi va Qozog‘istondan Qirg‘iziston hududiga Chu daryosi orqali noqonuniy o‘tgan ayolni qo‘lga oldi. Unda hech qanday hujjat yo‘qligi aniqlandi», deyiladi xabarda.
Chegara xizmatining qayd etishicha, qo‘lga olingan ayol O‘zbekiston fuqarosi, 40 yoshda. Kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgach, qo‘lga olingan shaxs qo‘shimcha tergov o‘tkazish va hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun vakolatli organlarga topshirildi.
Mavzuga oid
22:36 / 19.02.2026
Qozog‘iston va yana to‘rt davlat G‘azodagi xavfsizlik kuchlariga qo‘shin yuboradi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
12:53 / 17.02.2026
Germaniya chegaradagi tekshiruvlarni yana yarim yilga uzaytirdi
19:46 / 16.02.2026