Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
The Japan News: «O‘zbekiston chorrahada - Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda»
Yaponiyaning yetakchi ingliz tilidagi nashrlaridan biri - The Japan News gazetasining tonggi sonida «O‘zbekiston chorrahada: Qanday qilib Toshkent Markaziy Osiyoda yangi davrni shakllantirmoqda va bu Yaponiya uchun nimani anglatadi?» sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Maqolada O‘zbekistonning bugungi roli va kelajagi Yaponiya nigohidan chuqur tahlil qilingan. Nashr ta’kidlashicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqani birlashtirayotgan «lokomotiv davlat» sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xususan, mintaqa yetakchilarining muntazam uchrashuvlari, chegaraviy kelishuvlar, infratuzilma loyihalari hamda savdo integratsiyasi jarayonlari alohida urg‘u bilan qayd etilgan.
Shuningdek, maqolada Yaponiya O‘zbekistonni nafaqat ishonchli strategik hamkor, balki butun Markaziy Osiyoga chiqish uchun muhim «darvoza» sifatida ko‘rayotgani ta’kidlanadi. Transport, energetika, raqamli infratuzilma va xavfsizlik yo‘nalishlarida O‘zbekistonning markaziy o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, The Japan News Yaponiyadagi eng nufuzli ingliz tilidagi nashrlardan biri bo‘lib, Yomiuri Shimbun media guruhi tarkibiga kiradi. Nashrning asosiy auditoriyasi diplomatlar, siyosatchilar, investorlar va akademik doiralardan iborat.
Mavzuga oid
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025
Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi davomida 12 mlrd dollardan ortiq qiymatdagi kelishuvlarga erishildi
17:12 / 20.12.2025