Light | 23:54 / 02.06.2019
39688
4 daqiqa o‘qiladi

50/50 usulini qo‘llab ko‘proq ma'lumotni eslab qolish

Axborotni kerak bo‘lganida eslash oson bo‘lishi uchun uni boshidanoq to‘g‘ri tizimga solish va sizdagi mavjud bilimlar bilan bog‘lash lozim. Amaliyotda materialdan foydalanib, iloji boricha unga tez-tez qaytib turish muhim.

Foto: Layfxaker

Ma'lumotni o‘rganish uchun vaqtning 50 foizini sarflang, qolgan 50 foizini esa uni qayta ishlashga bag‘ishlash lozim.

Kitobdagi ma'lumotni yodda saqlash uchun uni boshidan oxirigacha o‘qib chiqishning o‘zi yetarli emas. Hatto ikki yoki uch marta takrorlash ham samara bermaydi. Shuning uchun ham vaqtni bekorga sarflamang va barini bir kunda o‘zlashtirishga harakat qilmang.

Bir necha bo‘limni o‘qib chiqing, vaqtning qolgan qismini esa materialni biror kimsaga hikoya qilish va muhokama uchun sarflang yoki o‘zingiz bilib olgan asosiy jihatlarni yozib chiqing. Ana o‘shanda o‘qilgan narsani yaxshiroq eslab qolasiz. 

Nima uchun bu ish beradi?

Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘quvchilar olingan ma'lumotdan darhol foydalanishganida yoki uni kimgadir tushuntirganlarida axborotning 90 foiziga yaqinini xotirada saqlab qolishadi.

Sababi – buni amalga oshirish uchun miyani ishga solish, material haqida fikr yuritish va uni qaytadan bayon etish kerak.

Amerikalik jurnalist va publitsist Deniyel Koyl o‘z kitobida o‘nta sahifani o‘qigach, uni yopib, o‘qilgan ma'lumotlar haqida o‘z fikrini yozma bayon etadiganlar xuddi o‘sha 10 ta betni ketma-ket 4 marta o‘qib, eslab qolishga harakat qilganlarga qaraganda uzoq muddatli istiqbolda materialning 50 foizidan ortig‘ini eslab qolishi haqida hikoya qiladi.

Gap bu jarayon uchun sarf etiladigan sa'y-harakatda: axborot bilan ishlashda u qancha ko‘p bo‘lsa, o‘qish-o‘rganish jarayoni ham yaxshiroq o‘tadi. Yuzaki mutolaa va oddiy takrorlash sizdan deyarli hech narsa talab qilmaydi. Qaydlar yoki hikoya qilish uchun esa asosiy joylarini aniqlash, qayta ishlash va tartibga solish kerak bo‘ladi.

50/50 usuli qanday qo‘llaniladi?

Konspektlar yozing

Har safar biror yangi narsani o‘rganganda, yaxshi kitobdan bir bo‘limini o‘qib tugatganda yoki muhim ma'ruzani tinglaganda biroz vaqt ajrating va asosiy g‘oyalarni yozib oling.

Eng yaxshisi – bevosita o‘rganish jarayonida qaydlarni yozib borish.

O‘rganilgan narsaga yana qaytganda esdan chiqarish jarayonini uzasiz va miyaga yangi axborotni eslab qolishda yordam berasiz. Psixologlar buni sinovdan o‘tkazish ta'siri deb ataydilar.

Materialni o‘zga kishilarga tushuntiring

Mavzu haqida o‘zingiz yetarlicha ma'lumotga ega emasligingizdan xavotirlanmang. Bu muhim emas. Muhimi – o‘zingiz o‘rgangan va o‘zgalar bilan bo‘lishiladigan axborotga diqqatni qaratish.

Blog yuritish va unda o‘zingiz o‘rgangan yangi g‘oyalarni yozib borish mumkin. Podkastlar yozish yoki videolar yaratish va bilimlaringizni YouTube’da o‘rtoqlashishga harakat qiling. O‘quvchi va tinglovchilaringiz bo‘lish bo‘lmasligidan qat'iy-nazar rivojlanishga guvoh bo‘lasiz.

Mavzuga oid