Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Suriyalik mergan qiz dushman o‘qi boshi ustidan uchib o‘tishini kulgi bilan qarshiladi
Internetda Suriyaning Raqqa shahri uchun janglar davomida olingan video tarqaldi. Unda qo‘rquv bilmas kurd qizi o‘lim sharpasini kulgi bilan qarshi olganini ko‘rish mumkin.
Video qahramoni — 2012 yili Suriya Kurdistonida tashkil etilgan ayollar otryadi jangchisi bo‘lib, u Raqqa uchun IShID jangarilariga qarshi jang vaqtida dushman tomon o‘q uzgach, bir necha lahzadan keyin qarshi tomondan kelgan daydi o‘q uning boshidan bir necha santimetr tepadan o‘tib, devorni qo‘poradi.
Bu vaqtda esa mergan qizning yuzida qo‘rquvdan zarra ham bo‘lmaydi, aksincha u kula boshlab, sal qolsa o‘layozgani haqida gapiradi.
Internet foydalanuvchilari uning jasurligiga tasanno aytishmoqda. Qayd etish kerakki, Suriyada ayollar huquqlari cheklangan bo‘lib, ayollar otryadi a'zosi bo‘lish ikki karra jasurlik belgisidir.
Mavzuga oid
21:45 / 16.10.2019
Asad armiyasi IShIDning Suriyadagi «poytaxti» bo‘lgan Raqqaga 5 yil ichida ilk bor kirdi
11:20 / 18.11.2017
IShID Raqqa markazidagi har bir binoni minalarga «to‘ldirib» ketgan
23:24 / 20.10.2017
Raqqa haloskorlari: Biz bu g‘alabani butun insoniyatga bag‘ishlaymiz
10:38 / 18.10.2017