AQŞ prezidentining boşqa davlatlar bilan IŞID terrorçilik taşkiloti bilan kuraşda özaro harakatlar masalalari böyiça maxsus vakili Brett Makgurkning ma'lum qilişiça, jangarilar Raqqa markazidagi har bir binoga minalar taşlab ketişgan. Bu terrorçilarning ketişidan avval yuz bergan.
AQŞ prezidenti maxsus vakili bu haqda Twitter’dagi öz sahifasida yozgan.

«IŞID terrorçilari şahar markazidagi deyarli har bir binoda portlovçi qurilmalarni taşlab ketişdi. Bu aholining normal hayotga qaytişiga xalaqit beriş maqsadida qilingan», - deyiladi uning xabarida. Şuningdek, Makgurk şahar şifoxonasi tasvirlangan fotosuratni ham taqdim etgan. Unda, Tramp maxsus vakilining sözlariga köra, biroz vaqt muqaddam suriyalik sapyor halok bölgan.
Makgurkning ta'kidlaşiça, şaharda insonlar avvalgi hayotga qaytişlari uçun hali köp iş qiliş kerak böladi.












