Seşanba kuni AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan kuçlar Suriyaning Raqqa şahrini IŞID nazorati ostidan butunlay ozod etdi hamda IŞIDning «poytaxti» uçun keçgan tört oylik jangga nuqta qöyildi, deya xabar berdi Reuters.
Manbaning xabar berişiça, jangarilar Raqqa stadionida SDF jangarilarining eng kuçli guruhi bölgan kurdlarning xalq mudofaasi Otryadlari (YPG) bayroğini kötarişgan.
Suriya Demokratik kuçlari (SDF) qömondoni Roja Felatning aytişiça, jang tugagan, biroq kurd va arab jangarilari ittifoqi stadionda joylaştirilgan minalarni yöqotmoqda hamda IŞID jangarilari berkinişi mumkin bölgan boşpanalarni qidirmoqda.
Britaniyada joylaşgan Suriyadagi Inson huquqlari böyiça kuzatuv kengaşining xabar berişiça, şahar IŞID nazorati ostidan butunlay ozod qilingan.
CNN telekanali esa Raqqa şahrining drondan olingan videotasvirini e'lon qildi. Video naşrning Twitter’dagi sahifasida joylaştirilgan.
Videoyozuvda şaharning böm-böş köçalari va yarim vayron holatdagi binolarini köriş mumkin: şahar tumanlaridan biridan tutun kötarilmoqda, Suriya Demokratik kuçlari (Başar Asad rejimiga muxolif tuzilma) avtomaşinalari Paradise Square maydonida harakatlanmoqda. Şuningdek, kadrda terrorçilarning «sönggi qal'asi» hisoblangan şahar markazidagi stadion va milliy şifoxona körsatilgan.
Reuters ma'lumotlariga köra, Raqqaning boy berilişi terrorçilik guruhi öz pozitsiyalarini tark etayotganidan dalolat berişi mumkin. Şahardan jangarilar çet ellarda hujumlarni rejalaştirişgan.
SDF iyun oyidan buyon Amerika Qöşma Ştatlari boşçiligidagi xalqaro koalitsiya yordamida IŞID «poytaxti»ni qölga kiritişga harakat qilib keldi. «Biz bilamizki, IŞID jangarilari tomonidan işğol etilgan hududlarda hamon qölbola portlatiş qurilmalari va mina-qopqonlar bor, şuning uçun SDF uşbu hududlarni tozalaşda davom etmoqda», - deya aytib ötdi koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillon.
Alyans sönggi hujumni yakşanba kuni, bir guruh suriyalik terrorçilar şaharni tark etib, sönggi pozitsiyalarni himoya qiliş uçun taxminan 300 jangarini qoldirişganidan söng boşladi.
Raqqa Iroq va Suriyadagi tez ğalabalar seriyasiga qadar 2014 yilda IŞID tomonidan egallab olingan birinçi yirik şaharga aylandi. Hodisa oqibatida millionlab odamlar terrorçilar nazorati ostida qoldi.
IŞID jangarilari şaharni Yaqin Şarqdagi jangovar harakatlar uçun tezkor markaz sifatida işlatişgan va çet eldagi hujumlarni rejalaştirişgan hamda u yerda ma'lum muddat davomida ğarblik şaxslarni garovda uşlab turişgan.












