Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seuldagi elchixona o‘zbekistonliklarni odamlar gavjum tadbirlarda qatnashmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Koreyadagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ushbu davlatda bo‘lib turgan vatandoshlarga shu kunlarda odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni tavsiya qildi.
2022 yilning 29 oktyabr kuni Hellouin bayrami nishonlangan Seulning Itevon ko‘chasida tiqilinch ro‘y berib, nafas qisilishi va yurak to‘xtashidan 156 kishi halok bo‘lgan, 196 nafari esa jarohat olgandi. Ushbu fojia natijasida O‘zbekistonning 1 nafar fuqarosi ham hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.
Elchixona O‘zbekiston fuqarolariga odamlar gavjum tadbirlar, turli xildagi miting va namoyishlarda qatnashmaslikni hamda o‘zbekistonliklar ishtirokida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan holatlarda elchixonaning quyidagi mas’ul xodimlariga zudlik bilan qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etdi: konsul Elyor Nishonov – 010-6802-1969; vitse-konsul Azamat Boltayev – 010-2909-4334; attashe Abdumannon Isanov – 010-3213-4505.
Mavzuga oid
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
20:48 / 14.11.2025
Belgiya Toshkentda elchixona ochadi
12:04 / 12.11.2025
Avstraliya sudi RFdan elchixona uchun ajratilgan yerni qaytarib olishni tasdiqladi
10:01 / 30.08.2025