Jahon | 12:53 / 04.11.2017
19097
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo davlatlari gender tengligi bo‘yicha reytingda qaysi o‘rinlarni egalladi?

Foto: Getty Images

Qozog‘iston gender tengligi reytingida dunyoning 144 mamlakati orasida 52-o‘rinni egalladi. Bu haqda «Gender farqi bo‘yicha global hisobot - 2017» Butunjahon iqtisodiy forumining yangi hisobotida aytildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan: Qirg‘iziston 85-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Tojikiston 95-o‘rinda joylashdi. Turkmaniston va O‘zbekiston esa reytingda taqdim etilmagan.

Mo‘g‘uliston reytingning 53-o‘rnini egalladi.

Tadqiqot to‘rtta asosiy yo‘nalish: sog‘liqni saqlash, ta'lim, iqtisodiy imkoniyatlar va ayollarning siyosiy faoliyati bo‘yicha o‘tkazildi.

Ayollar uchun eng yaxshi imkoniyatlar yaratilgan davlatlar orasida Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Ruanda va Shvetsiya bor. Gender tengligi reytingidagi eng so‘nggi pog‘onani Yaman egalladi. Tadqiqotchilarning fikricha, u yerda ayollarning o‘z huquqlaridan foydalanishi biroz mushkulroq.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, gender muammolarini hal etishning hozirgi tezligida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikka faqatgina 100 yildan so‘ng erishish mumkin. O‘tgan yilda bu ko‘rsatkich biroz kamroq edi – 83 yil.

Mavzuga oid