Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask saylov kunidan buyon Trampning mulkida yashayotgani ma’lum bo‘ldi
Joe Raedle / Getty Images / AFP / Scanpix /
Milliarder Ilon Mask AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohi hududiga ko‘chib kelgan. The New York Times gazetasi o‘z manbasiga tayanib 30 dekabr kuni bergan xabarga ko‘ra, u 2024 yil noyabrida bu yerdagi kottejlardan birini ijaraga olgan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Mask Tramp yashaydigan asosiy uydan «bir necha yuz fut» (1 fut 0,3048 metrga teng) masofadagi uyga joylashgan. U «Banyan» nom deb nomlangan kottejda yashamoqda, bungacha bu yerda Trampning ko‘plab do‘stlari va safdoshlari istiqomat qilgan. Tadbirkor bu yerga AQShdagi prezidentlik saylovi kunida ko‘chib o‘tgan va Trampning yonida o‘tirib, ovoz berish natijalarini kuzatib borgan. Mask rojdestvo munosabati bilan uyni tark etgan, ammo tez orada ortga qaytishi kutilmoqda.
Ilon Mask — Trampning eng muhim homiysiga aylandi, u respublikachilar nomzodining saylov kampaniyasiga 250 million dollar xayriya qilgan, deb yozadi NYT. Shuningdek, Mask saylangan prezidentning siyosat masalalari bo‘yicha muhim maslahatchisi hisoblanadi, shuningdek, Tramp ma’muriyati uchun nomzodlarni tanlashga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nashr Mask shunday qo‘shnichilik evaziga Trampning yoniga oson kirish imkoniyatiga egaligiga e’tibor qaratgan. U AQShning saylangan prezidenti bilan birga tushlik qiladi, uning xorijiy davlatlar rahbarlari (masalan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy) bilan telefon muloqotlarida qatnashadi hamda o‘nlab soat vaqtini Tramp bilan o‘tkazadi. Yaqinda Mask va Tramp Amazon asoschisi Jyeff Bezos bilan kechki ovqatni birga qilishgandi. NYT yozishicha, Maskning odamlari ham Trampning bo‘lg‘usi ma’muriyatidagi rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlar muhokamasida ishtirok etgan.
Donald Tramp 27 dekabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida katta ehtimol bilan Ilon Mask manziliga qaratilgan shunday xabar qoldirdi: «Qayerdasan? „Olam markazi“ga, Mar-a-Lagoga qachon kelasan? Bill Geyts bugun kechqurun kelishga ruxsat so‘radi. Biz seni va X’ni sog‘indik! Yangi yil kechasi ajoyib bo‘ladi!!!»
The New York Times nashri qayd etishicha, Donald Tramp 1990-yillarda Mar-a-Lagodagi qarorgohini elita klubiga aylantirgan. Mask ushbu mulk hududidagi kottej ijarasi uchun qancha to‘lagani noma’lum, ammo avval bu uy bir kun uchun ikki ming dollarga ijaraga berilgan. Odatda Mar-a-Lago ma’muriyati mehmonlarga hisobni ular jo‘nab ketishidan oldin beradi. Shunday qilib, Tramp Maskning yakuniy hisobini qisqartirishi yoki umuman to‘lov olmasligi ham mumkin, deb yozadi nashr. Yakunda tadbirkor yashagani uchun qancha to‘lashi noma’lum.
Anna Moneymaker / Getty Images
Anna Moneymaker / Getty Images
Saylangan prezidentning atrofidagilar Ilon Mask doimiy ravishda Trampning qarorgohida ekanidan norozi, deb xabar bergandi noyabr oyida NBC News manbasi. The New York Times gazetasi ayrim maslahatchilar Mask Trampga bu qadar katta ta’sir qilayotganidan norozi bo‘lishgani haqida yozgan.
Nashr 20 yanvarga belgilangan inauguratsiya marosimidan keyin Tramp Oq uyga ko‘chib o‘tishi va Maskda prezident bilan tez-tez to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkoni bo‘lmasligi, chunki prezident ma’muriyatiga kirish Mar-a-Lagodagidan «ancha murakkabroq» bo‘lishini qayd etgan.
Tramp jamoasi vakili NYT’ning so‘roviga javob qaytarmagan. Ilon Mask ham nashr so‘rovlarini e’tiborsiz qoldirgan.
Mavzuga oid
17:20 / 11.01.2026
OAV: Yevropa davlatlari Grenlandiyaga NATO qo‘shinini joylashtirmoqchi
16:48 / 11.01.2026
Tramp Ukraina uchun 800 milliard dollarlik kelishuv tayyorlamoqda
13:39 / 11.01.2026
NYT: harbiylar Trampga Eronga zarba berish bo‘yicha variantlarni taqdim etgan
11:02 / 11.01.2026