Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp ön yil içida Ukrainani tiklaş uçun 800 milliard dollar jalb qilişni nazarda tutuvçi «farovonlik» şartnomasini imzolamoqçi, deb yozdi The Telegraph Ğarb rasmiylariga tayanib. Gap xususiy kompaniyalarning kreditlari, grantlari va investitsiyalari haqida ketmoqda.

Ukraina va AQŞ prezidentlari 19-23 yanvar kunlari Davosda bölib ötadigan Jahon iqtisodiy forumida yakuniy kelişuvga erişişi va bitim tuzişi taxmin qilinmoqda. Dastlab, Zelenskiy kelasi hafta Oq uyga borib, u yerda AQŞ bilan iqtisodiy farovonlik rejasini, şuningdek, Ukraina uçun uruşdan keyingi xavfsizlik kafolatlari töğrisidagi şartnomani imzolaşni rejalaştirgan edi. Ammo Yevropadagi ittifoqçilar Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvi uçun eng yaxşi muqobil sifatida Davosni taklif qilişdi, deydi naşr suhbatdoşlari.

The Telegraph ma’lumotlariga köra, farovonlik rejasi ötgan bahorda tuzilgan foydali qazilmalar böyiça kelişuv asosida işlab çiqilgan bölib, bu kelajakda amerikalik investorlarga Ukrainadagi toğ-kon loyihalarida iştirok etişda imtiyozlar beradi. Kiyevdagilar Vaşingtonni Ukrainani uruşdan keyingi tiklaşda iştirok etişga taklif qiliş – Trampni işonçli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişga undaydi, deb hisoblamoqda.

Volodimir Zelenskiy Bloomberg uçun bergan intervyusida Ukrainani tiklaş böyiça uruşdan keyingi keng kölamli çora-tadbirlar töplami doirasida AQŞ bilan erkin savdo böyiça ehtimoliy kelişuvni muhokama qilayotganini aytdi. Uning sözlariga köra, bu kelişuv Ukrainaning ba’zi sanoat hududlari uçun AQŞ bilan savdoga «nol» bojlarni nazarda tutadi, bu esa mamlakatga qöşni davlatlarga nisbatan «juda jiddiy imtiyozlar» beradi va çet el investitsiyalarini jalb qilişi mumkin. Ukraina rahbarining fikriça, bunday kelişuv iqtisodiy xavfsizlikning qöşimça kafolati bölib ham xizmat qiladi.

Bunday erkin iqtisodiy zona Donbassning ayrim hududlarida paydo bölişi va har ikki tomondan qöşinlarni xavfsiz masofaga olib çiqişni nazarda tutuvçi murosali yeçimga aylanişi mumkin, degan Ukraina prezidenti. Ammo bu variant Rossiya tomonidan ham şunday qadamlar bölişini, şuningdek, Ukraina aholisi muhokamasidan ötkazişni talab qiladi. Muqobil ssenariy esa qöşinlarni olib çiqmasdan harbiy harakatlarni töxtatiş va keyinçalik bahsli masalalarni diplomatik yöl bilan hal qilişni nazarda tutadi.

Zelenskiy, şuningdek, Amerika tomoniga hududiy masalalar böyiça öz pozitsiyasini yetkazgani va Rossiya yanvar oyi oxirigaça Kiyev va Vaşington tomonidan kelişilgan 20 banddan iborat tinçlik rejasiga öz javobini berişini kutayotganini aytgan.