O‘zbekiston | 14:06 / 27.05.2024
9697
1 daqiqa o‘qiladi
Ko‘ksaroyda Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
27 may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi. Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng, davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Mavzuga oid
17:53
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024