Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan Ukrainadagi uruşda sulh e’lon qildi.
Kreml sayti xabarida yaqinlaşib kelayotgan Pasxa bayrami munosabati bilan 2026 yil 11 aprel kuni soat 16:00 dan 12 aprel kuni yakuniga qadar sulh e’lon qilinişi ma’lum qilingan.
Rossiya harbiylariga uşbu davrda barça yönalişlarda harbiy harakatlarni töxtatiş böyiça körsatma berilgan. Şu bilan birga, qöşinlar «duşmanning ehtimoliy provokatsiyalari, şuningdek, uning har qanday tajovuzkor harakatlarini töxtatiş»ga şay holatda turişi kerakligi qayd etilgan.
Öz navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham Ukraina qurolli kuçlari Pasxa bayramida öt oçişni töxtatişini ma’lum qildi.
«Ukraina bir neça bor ikki tomondan taşlanadigan qadamlarga tayyorligini bildirgan. Bu yil biz Pasxa bayrami vaqtida öt oçişni töxtatişni taklif qilgan edik va şunga muvofiq harakat qilamiz. Odamlarga tahdidlarsiz Pasxa va tinçlik sari haqiqiy harakat kerak», – deb yozdi u öz telegram kanalida.
U Rossiyada Pasxadan keyin ham zarbalar berişga qaytmaslik uçun imkoniyat borligini qöşimça qilgan.
Putin 2025 yil Pasxa bayramida bir tomonlama tartibda harbiy harakatlar bir yarim kunga töxtatilganini e’lon qilgandi. Öşanda mojaro tomonlari bir-birini köplab qoidabuzarliklarda ayblaşgan, şu bilan birga, harbiy harakatlar jadalligi sezilarli darajada pasaygandi.


















