Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya qanday to‘lanadi?
Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib, 3 oydan ortiq vaqt mobaynida mamlakatga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi. Fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasining maksimum 24 oyligini olish huquqiga ega.
Foto: Kun.uz
Pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib, 3 oydan ortiq vaqt mobaynida mamlakatga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq bugungi kunda:
- pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi;
- bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.
- fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasining 24 oyligini olish huquqiga ega.
Pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Mavzuga oid
16:36 / 20.05.2025
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi
16:33 / 10.01.2025
Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi
18:28 / 26.09.2024
Pensiya tizimi isloh qilinadi
16:55 / 11.12.2023