Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi nizomining 82-bandiga muvofiq:
- pensiya hisoblaşda iş haqi tarkibiga, şuningdek, iş haqining natural qismiga 2019 yil 1 yanvarga qadar bölgan davr uçun qonunçilikka muvofiq suğurta badallari;
- 2019 yildan keyingi davr uçun Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 371-moddasida körsatilgan mehnatga haq tölaş tarzidagi barça daromadlar kiritiladi.
Ya’ni fuqarolarning mehnat faoliyatlari davomida olgan iş haqlariga qöşimça ravişda tölangan ustama va mukofot pullari pensiya hisoblaşda inobatga olinadi.
Ma’lumot uçun, 2023 yil 1 yanvardan boşlab pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori, ya’ni yuqori çegarasi pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining ön barobaridan ön ikki barobarigaça oşirilgandi.
Avvalroq, 1 dekabrdan iş haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oşirilişi xabar qilingandi. Xususan, ayni paytda pensiya va nafaqalarning bazaviy miqdori quyidagiça:
- pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 372 ming söm;
- yoşga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming söm;
- nogironlik pensiyalari, jumladan iş staji töliq bölmagan çoğdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 ming söm;
- mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – 800 ming söm;
- belgilangan yoşga doir eng kam pensiya miqdori – 800 ming söm;
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 ming söm;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – 608 ming söm;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – 608 ming söm.













