Pensiya miqdori ko‘proq chiqishi uchun tavsiyalar berildi
Pensiya jamg‘armasi pensiyaga chiqish vaqti kelganda muammolarga uchramaslik, pensiya miqdori yuqoriroq bo‘lishi uchun fuqarolar qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntirdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga pensiyaga chiqishda nima qilish kerakligi yuzasidan tavsiyalar berdi.
Kimlarga pensiya tayinlanadi? Yoshga doir to‘liq pensiya erkaklar 60 yoshga to‘lganda 25 yil ish stajiga, ayollarga 55 yoshda 20 yil ish stajiga ega bo‘lganda tayinlanadi. Bundan nisbatan kamroq (kamida 7 yil) ish stajiga ega bo‘lganlarga to‘liqsiz pensiya tayinlanadi.
Ish stajiga nimalar kiradi? Pensiya tayinlashda ish stajiga rasmiy ishlab, ish haqi hisoblangan davrlar, yakka tartibdagi tadbirkor, o‘zini-o‘zi band yoki xorijda ishlagan shaxs sifatida Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langan davrlar kiradi.
Bunda, yuqoridagi davrlar uchun kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lganda, fuqaroning xarbiy xizmat, oliy o‘quv yurtidagi kunduzgi o‘qish hamda bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan (har bir bola uchun 3 yil, jami 6 yilgacha) davrdlar ham umumiy ish stajiga qo‘shiladi.
Pensiyaga tayyorgarlik qanday amalga oshiriladi? Pensiya tayinlashda fuqaroning rasmiy ishlagan davri va soliq to‘langan ish haqi (daromadi) inobatga olinadi.
Yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
- mehnat faoliyatingiz rasmiy shaklda ekaniga, ishlayotgan tashkilotingizda sizga ish staji yozib borilayotganiga ishonch hosil qiling. Buni o‘zingiz mustaqil ravishda my.gov.uz portali orqali tekshirib olsangiz ham bo‘ladi.
- o‘z ish beruvchingizdan ish stajingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni talab qiling.
- sizga rasmiy shaklda ish haqi to‘lanayotganiga e’tibor bering. Bunda, sizga hisoblangan ish haqi, haqiqatan qo‘lingizga oladigan ish haqi, ushlab qolinayotgan daromad solig‘i, jamg‘arib borilayotgan pensiya uchun o‘tkazilayotgan mablag‘ va boshqalarni doimiy ravishda tekshirib boring.
- agar siz norasmiy shaklda faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda ijtimoiq soliq to‘lang. Bu orqali siz ish stajingizni ko‘paytirib borasiz.
- pensiya qonunchiligiga oid yangiliklar, ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib boring, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘ling.
- hozir mehnat faoliyati yuritmayotgan bo‘lsangiz, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchangizdagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qiling. Bunda, raqamlashtirilgan ma’lumotlaringizni my.gov.uz portalida ko‘rishingiz mumkin.
Qayd qilinishicha, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish pensiyaga chiqish vaqti kelganda ortiqcha ovoragarchilikning oldini oladi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada migrantning raqamli profili joriy qilinadi
Jahon | 17:45
-
"Qonimizga pul tikishyapti”: g‘azoliklar HAMASni haydamoqda
Jahon | 17:36
-
Tramp Rossiya sulh bo‘yicha kelishuvni imzolashni cho‘zayotganini haqida gapirdi
Jahon | 17:29
-
Markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylar uchun lokal qozonxonalar quriladi
O‘zbekiston | 17:12
Mavzuga oid

22:06 / 14.03.2025
Ijtimoiy toifadagi abituriyentlarga qo‘shimcha grant ajratiladi

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

21:20 / 19.02.2025
Tomorqasiga ekin ekmagan kambag‘allar imtiyozlardan mahrum bo‘ladi

22:19 / 12.02.2025