O‘zbekiston | 07:46 / 01.03.2023
84447
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Har yili fevral oyida o‘zbekistonliklar standart kalendar bo‘yicha – shanba va yakshanba kunlari dam olishadi. Bugun - 1 mart. Bu oyda mamlakat aholisini uzoq dam olish kunlari kutmoqda.

Foto: Shutterstock

Prezident 2022 yil 23 dekabrda «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

8 mart (chorshanba) – Xotin-qizlar bayrami – o‘zbeklar bir kun dam oladi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, bu ishlanmaydigan bayram kuni. Ayni kunlar bo‘yicha prezident farmoniga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmagan.

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket to‘rt-besh kun dam oladi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar 20 mart (dushanba) va 22 mart (chorshanba) bo‘ladi.

Bundan tashqari, mart oyida besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

- 11 mart, shanbadan 20 mart, dushanbaga;
- 25 mart, shanbadan 22 mart chorshanbaga.

Shunday qilib, haftasiga 6 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar quyidagi dam olish kunlariga ega bo‘ladi:

- 2023 yil 19 mart (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
- 2023 yil 20 mart (dushanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 2023 yil 21 mart (seshanba) - dam olish kuni;
- 2023 yil 22 mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni.

Haftada 5 kun ishlaydiganlar quyidagi kunlarda dam oladi:

- 2023 yil 18 mart (shanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
- 2023 yil 19 mart (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni;
- 2023 yil 20 mart (dushanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 2023 yil 21 mart (seshanba) - dam olish kuni;
- 2023 yil 22 mart (chorshanba) - qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni.

Mavzuga oid