Özbekistonda Ramazon oyi 19 fevraldan boşlangan. Şu bilan birga, 2026 yil Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga töğri kelişi kutilyapti.
Navröz bayrami esa har yili 21 mart kuni nişonlanadi. 2026 yilda uşbu sana şanba kuniga töğri keladi. Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, agar işlanmaydigan bayram kuni dam oliş kuniga töğri kelsa, dam oliş kuni keyingi iş kuniga köçiriladi. Şu bois 21 martdagi bayram munosabati bilan dam oliş kuni 23 mart, duşanbaga ötadi.
Şundan kelib çiqib, 5 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun dam oliş kunlari quyidagiça böladi:
- 20 mart — Ramazon hayiti;
- 21 mart — Navröz bayrami;
- 22 mart — yakşanba;
- 23 mart — köçirilgan dam oliş kuni.
6 kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar esa 20, 21 va 22 mart kunlari dam oladi. Ular uçun 23 mart, duşanba iş kuni bölib qoladi.
Şu tariqa, mart oyida bayramlar tufayli 5 kunlik iş tartibida işlovçilar uçun 4 kunlik, 6 kunlik iş tartibidagilar uçun esa 3 kunlik uzluksiz dam oliş imkoniyati yuzaga keladi.
Ayni paytda, Ramazon hayitini nişonlaş böyiça alohida prezident qarori e’lon qilinsa, tartib rasman yanada aniqlaştirilişi mumkin.













