Jahon | 09:24 / 04.04.2018
18485
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShga javob choralari bilan tahdid qildi

Foto: Thomas Peter/Reuters

Xitoy hukumatining va'da berishicha, AQShga nisbatan ko‘lam va kuch jihatidan bir xil bo‘lgan choralar ko‘radi. Bu, agarda Qo‘shma Shtatlar Xitoy tovarlarini olib kirishga bojlar joriy etadigan bo‘lsa, yuz beradi, deb xabar qilmoqda Reuters Xitoy elchixonasi bayonotiga asosan.

«Xitoy tomonining fikricha, AQShning yangi bojlariga xuddi shunday javob qaytariladi. Pekin Butunjahon savdo tashkilotiga murojaat etib, yuzaga kelgan bahsga yechim topishga urinadi. Shuningdek, AQShga qarshi Xitoy qonunlari doirasida kuch va ko‘lam jihatidan teng bo‘lgan choralar qabul qilinadi», - deyiladi bayonotda.

Avvalroq, Xitoy Butunjahon savdo tashkilotini mamlakat AQShdan import qilinuvchi mahsulotlarga amerikalik eksportchilarga 611,5 mln dollarlik umumiy zarar bilan Vashington tomonidan po‘lat va alyuminiyga kiritilgan bojlarga qarshi choralar sifatida boj to‘lovlari kiritganidan xabardor qilgandi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid