Light | 09:10 / 17.02.2019
64218
1 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar jigar faoliyatida yordam beruvchi 7 mahsulotni ma'lum qilishdi 

Foto: Depositphotos

Shifokorlar jigar faoliyatida yordam beruvchi mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. 

Bu borada yetakchi brokkoli hisoblanar ekan. Bu sabzavotda ko‘plab antioksidantlar, biriktiruvchi to‘qima va Ye vitamini bor. Shuningdek, mutaxassislar yong‘oqni unda Omega-3, L-arginin va biriktiruvchi to‘qima borligi tufayli qayd qilib o‘tishgan. Olma ham jigar uchun foydali ekan, chunki unda pektin hamda jigar va qonni tozalashda yordam beruvchi kislota mavjud. 

Shifokorlar sitrus va efir moylarini ham jigar faoliyatida foydali deb topishgan. Ulardagi S vitamini immunitetni mustahkamlaydi. Avokado esa aminokislotalar, antioksidantlar va biriktiruvchi to‘qimaga boyligi sababli jigar uchun foydalidir. Zaytun moyi qonni tozalash va xolesterin miqdorini nazorat qilish xususiyatiga ega. 

Ro‘yxatni esa pomidor yakunlamoqda. Unda jigar faoliyatini yengillashtiruvchi aminokislotalar va likopin mavjud ekan.

Mavzuga oid