Özbekistonda birinçi marta 7 oylik gödakka jigar köçirib ötkazildi, deb xabar berdi Soğliqni saqlaş vazirligi.

Operatsiya Bolalar milliy tibbiyot markazida muvaffaqiyatli ötkazilgan, bolaga onasi donorlik qildi. Ta’kidlanişiça, Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan kelgan Mağfura Aminova farzandining ham, özining ham ahvoli yaxşi ekanini ma’lum qilgan.

Markaz direktori Baxtiyorjon Umarov sözlariga köra, bu turdagi operatsiya dunyodagi sanoqli davlatlarda yölga qöyilgan.

«Bugun nafaqat Bolalar milliy tibbiyot markazi tarixida, balki Özbekiston tibbiyotida yangi tarix. Cababi, bir yoşgaça bölgan bolalarda jigar transplantatsiyasi ilk marotaba amalga oşirilyapti. Bu dunyoning kam sonli davlatlarida amalga oşiriladigan juda yuqori texnologik amaliyot hisoblanadi», dedi u.

Ta’kidlanişiça, ayni paytda ona va bola şifokorlar nazoratida va özini yaxşi his etmoqda.

«Donor - bolaning onasi, uning jigari parçasi, ya’ni ikkita segment - sektor ötkazildi. Bemorning operatsiyadan keyingi holati juda qoniqarli. Onasiga bugun javob berdik, u töla soğlom. Bolaning holati juda qoniqarli. Yaqinda bolani ham javob berişga tayyorlayapmiz», dedi markaz bölim boşliği Mansur Nosirov.