Samarqandda kadastr xodimi fuqaroning uy-joyini hujjatlashtirib berishini aytib 1,5 ming dollar olayotganda ushlandi
Kadastr xodimi fuqarodan pullarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyatida fuqarodan yer va uy-joyni hujjatlashtirib, egalik huquqini olib berishini aytib pul olgan kadastr xodimi ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 30 iyul kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati, Jinoyat qidiruv va korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmalari va prokuratura xodimlari hamkorligida Past Darg‘om tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda davlat Kadastr palatasi Past Darg‘om tumani filiali xodimi fuqarodan Turkman mahallasida joylashgan yer maydoni hamda unda qurilgan uy-joyga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, egalik huquqini olib berish evaziga 1,5 ming dollar olayotganda ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Past Darg‘om tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
12:18 / 08.12.2024
Samarqandda qarovsiz qolgan 14 yoshli qiz vaqtincha qarindoshlari qaroviga topshirildi
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024