Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yo‘l qurish loyihasi bo‘yicha 10 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi
Qoraqalpog‘istonda «Beruniy - To‘rtko‘l» A380 magistral yo‘li qurilishi loyihasida 5 km ish hajmini olib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan «O‘zyo‘lko‘prik» klasteri filiali mansabdori qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mansabdor shaxsi xizmat mavqeidan foydalangan holda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJga o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali “Beruniy–To‘rtko‘l” A380-sonli magistral yo‘l qurilishi loyihasining 5 kilometrlik ish hajmini olib berishni va’da qilgan.
Evaziga u MChJ rahbaridan 10 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsa, Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berish so‘ralgan. Shaxsning sir saqlanishi kafolatlanadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:33 / 25.06.2026
Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi
18:32 / 23.06.2026
Katta poraxo‘rlar muddatining oxirigacha “o‘tiradi”
09:20 / 20.06.2026