O‘zbekiston | 10:23 / 14.07.2021
38174
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus va pnevmoniya: O‘zbekistonda kunlik bemorlar soni 800 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 500 nafarga yetgani, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 300 nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 13 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117409 (+491) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 32 nafari Andijon viloyatida,
  • 21 nafari Buxoro viloyatida,
  • 52 nafari Jizzax viloyatida,
  • 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 45 nafari Namangan viloyatida,
  • 32 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 10 nafari Xorazm viloyatida,
  • 57 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 67 nafar,
  • Buxoro viloyatida 19 nafar,
  • Jizzax viloyatida 99 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
  • Navoiy viloyatida 12 nafar,
  • Namangan viloyatida 45 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 28 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 74 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 48 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 37 nafar,
  • Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112546 (+528) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 781 nafarni tashkil qildi.

Mavzuga oid