Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi orasida suv quvurlari orqali vabo tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqaldi. «O‘zsuvta’minot» bunga ishonmaslikni so‘radi
Shu kunlarda aholi orasida ichimlik suvi quvurlari va jo‘mraklar orqali vabo kasalligi tarqalishi mumkinligi to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqaldi, deb xabar bermoqda «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati.
Foto: Kun.uz
Korxona fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va jo‘mraklardan suv ichmaslik to‘g‘risidagi chaqiriqlarga quloq solmaslikni so‘ragan.
Bildirilishicha, ichimlik suvi sifati respublikadagi 79 ta laboratoriya tomonidan kun-u tun har tomonlama nazorat qilinadi. Suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’lum qilinishicha, ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.
Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.
Mavzuga oid
14:05 / 21.11.2025
Toshkent havosidagi changni kamaytirish: hokimlik yo‘llarga suv sepish bo‘yicha maxsus rejim joriy etdi
13:41 / 21.11.2025
Jizzax va Farg‘ona viloyatlari suv tarmog‘i qurilishi bo‘yicha yetakchiga aylandi
11:17 / 18.11.2025
Toshkentda suvdan qarzdor 46 mingga yaqin abonent tarmoqdan uzilgani ma’lum qilindi
22:09 / 09.11.2025