Korxona fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va jo‘mraklardan suv ichmaslik to‘g‘risidagi chaqiriqlarga quloq solmaslikni so‘ragan.

Bildirilishicha, ichimlik suvi sifati respublikadagi 79 ta laboratoriya tomonidan kun-u tun har tomonlama nazorat qilinadi. Suv tarmoqlari yoki jo‘mraklar orqali biron-bir kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, ular tomonidan har oyda turli tahlillar uchun o‘rtacha 17 200 ta namuna olinadi.

Ichimlik suvini aholiga yetkazib berishdan oldin suv suyuq xlor, natriy gipoxlorit, kalsiy gipoxlorit kabi xlorli reagentlar bilan zararsizlantiriladi.