Iqtisodiyot | 20:16 / 22.10.2025
5328
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 24 foizga oshdi

2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari 13,9 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga (2,7 mlrd dollar), 2023 yilga nisbatan esa 66 foizga (5,5 mlrd dollar) o‘sdi.

Foto: Reuters

2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 24 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirib o‘tilgan.

Yanvar-sentabr oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari 13,9 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 mlrd dollarga, 2023 yilga nisbatan esa 5,5 mlrd dollarga (+66 foiz) o‘sgan.

Bundan bashqari, bu davrda xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan 1,9 mlrd dollar chiqib ketgan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 127 mln dollarga kam.

Mavzuga oid