Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Polshada pandemiya sharoitida prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan mahalliy vaqt bilan soat 7dan 27 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi o‘z faoliyatini boshlagan. Ular soat 21 gacha ishlaydi.
Foto: Reuters
Joriy saylovlarda 11 nomzod, jumladan amaldagi prezident Anjyey Duda ishtirok etmoqda. U ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surgan. 30 mlndan ko‘proq polshalik ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ulardan 387 ming nafari xorijda ovoz beradi.
Koronavirus pandemiyasi sababali saylovlar aralash tamoyil bo‘yicha o‘tmoqda: saylovchilar an'aviy ravishda bevosita saylov uchastkasida yoki karantinda bo‘lganlar va barcha istovchilar tegishli ariza bergandan keyin pochta orqali ovoz berishlari mumkin.
Saylov uchastkalarida kuchaytirilgan sanitariya choralari ko‘rilgan. Saylov komissiyalarining fuqarolarni qayd qiluvchi a'zolari orasida kamida 1,5 metrlik masofa o‘rnatilgan. Komissiyalarning 270 mingdan ko‘proq xodimi niqob va qo‘lqoplar bilan ta'minlangan, uchastkalarga kirish joyida qo‘llarni dezinfeksiyalash vositalari o‘rnatilgan.
Uchastkada bo‘lgan barcha og‘iz-burnini niqob yoki ro‘mol bilan berkitishi lozim. Hujjatlarni tekshirish vaqtida niqobni bir-ikki soniyagina yechishga ruxsat beriladi. Saylov komissiyasi saylovchilardan o‘zlari bilan ruchkalar olib kelishni iltimos qilgan. Shuningdek, bir kishiga 4 kvadrat metr bo‘sh joy to‘g‘ri kelishi lozim.
Davlat saylov komissiyasi saylovlarning yakuniy rasmiy natijalarini 1 iyuldan kech bo‘lmagan muddatda e'lon qilishni rejalashtirilgan. Biroq saylov uchastkalari yopilishi bilanoq ekzitpollar natijalari ma'lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
16:59 / 08.04.2025