Osiyoning ba’zi mamlakatlari hukumati aholini COVID-19 bilan kasallaniş holatlari köpayişi sababli yana niqob taqişga çaqirdi. Xususan, Singapur Soğliqni saqlaş vazirligi va Yuqumli kasalliklar agentligi şunday çaqiriq bilan murojaat qildi.

«Boşqa endemik respirator kasalliklarda bölgani kabi, COVID-19 davriy tölqinlari yil davomida bölişi kutilmoqda», deyiladi departament xabarida.

Singapur Soğliqni saqlaş vazirligining boşqa tavsiyalari qatorida 60 yoşdan oşgan odamlarni, şuningdek, «tibbiy nuqtai nazardan» zaif bölganlarni qayta emlaş, boşqa odamlar bilan uçraşuv va aloqalarni minimallaştiriş, sayohatlarni çeklaş kabilar bor. Aprel oyi oxirida Singapurda 14200 ta infeksiya holati aniqlangan.

Xitoyda ham COVID-19 bilan kasallaniş tölqini kuzatildi, aprel oyida qariyb 169 mingta tasdiqlangan holat, şu jumladan 340 ta oğir holat bölgan. 9 kişi vafot etgan. Xitoy hukumati ham xavotirda va yangi pandemiyaning oldini oliş uçun fuqarolardan uzoq masofalarga sayohat qilganda niqob taqişni söramoqda.

Tailand yanvardan may oyining örtalariga qadar 187 mingdan ortiq COVID-19 holati va COVID-19 bilan boğliq 46 ta ölim holatlari haqida xabar berdi. 18 maydan 24 maygaça yana 53 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Tailand hukumati barça kerakli dori-darmonlar arzon bölişini ta’minlaş uçun yuz niqoblari, antigen test töplamlari va bint dezinfeksiyalaş vositalarining taqsimlanişini nazorat qilmoqda.