JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
Hujjat pandemiyalar davrida davlatlar harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rishni nazarda tutadi.

Foto: REUTERS
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) a’zo davlatlar uch yildan ortiq davom etgan muzokaralardan keyin dunyoni kelajakdagi pandemiyalarga tayyorlash to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini imzoladi. JSST matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hujjat COVID-19’dan keyin yangi patogenlardan himoyani kuchaytirish bo‘yicha huquqiy majburiyatga ega.
JSSTga a’zo barcha davlatlarga ma’qul keladigan hujjatni tayyorlash uchun 13 raunddan iborat uchrashuvlar o‘tkazildi, ularning to‘qqiztasi uzaytirildi, shuningdek, ko‘plab norasmiy uchrashuv va muzokaralar ham tashkil etildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, «bugun Jyenevada dunyo davlatlari tarix yaratdi».
Hujjat pandemiyalar davrida davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha barcha zarur choralarni, jumladan, dori-darmonlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarini tayyorlash, favqulodda vaziyatlarda kadrlar resurslarini safarbar etish va boshqa ko‘plab choralarni nazarda tutadi.
May oyida ushbu bitim loyihasi JSSTning oliy rahbarlik organi — Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq JSST rahbari yangi pandemiya dunyoda hatto «ertaga» boshlanishi mumkinligi haqida gapirgandi. Gebreyyesusga ko‘ra, unga qarshi samarali kurash olib borish uchun jahon mamlakatlari tegishli xalqaro kelishuv tuzishi kerak.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
-
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 08:25
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

17:25 / 01.07.2025