Shavkat Mirziyoyev Ukraina bilan munosabatlar bundan keyin ham rivojlanib borishiga ishonch bildirdi
O‘zbekiston prezidenti shu oyda Ukraina bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotganini qayd etdi.
24 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va ukrain xalqiga mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Tabrik matni O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi saytida e’lon qilindi.
“Hurmatli Volodimir Oleksandrovich!
Sizni va mamlakatingiz xalqini Ukraina milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Shu oyda biz ikki tomonlama munosabatlarimiz tarixidagi muhim sana – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlayotganimizni ham mamnuniyat bilan qayd etaman.
Hech shubha yo‘qki, an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bundan keyin ham rivojlanib boraveradi.
Fursatdan foydalanib, sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli davlat rahbarligi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, do‘st ukrain xalqiga tinchlik va farovonlik tilayman”, deyiladi O‘zbekiston prezidentining tabrigida.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada 24 avgust – Mustaqillik kuni bayrami sifatida nishonlanadi.
Mavzuga oid
15:15
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42
Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi
13:12
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31