Ukraina bölinmalari Bryansk şahrida jumladan harbiy mahsulot ham işlab çiqaruvçi korxonaga zarba berdi.
“Zavod Rossiya Federatsiyasining barça turdagi raketalari uçun boşqaruv tizimlarini işlab çiqarar edi”, — dedi 10 mart, seşanba kuni keçqurun jurnalistlarga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Uning sözlariga köra, muvaffaqiyatli operatsiya haqida unga Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy axborot bergan.
Şu orada Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi zarba Bryanskdagi “Kremniy El” mikroelektronika zavodiga berilganini ma’lum qildi, bunda Britaniyaning havodan uçiriladigan Storm Shadow raketalaridan foydalanilgan.
“Kremniy El” Rossiyaning “aniq zarba beruvçi” qurollari işlab çiqariş zanjirida juda muhim böğin hisoblanadi. Zavod diskret yarimötkazgiç texnikasi va integral mikrosxemalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan bölib, ular zamonaviy qurollarning, xususan, “Iskander” raketalarining “miyasi” va “asab tizimi” hisoblanadi”, — deb bildirdi Ukraina Boş ştabi. Uning ma’lumotiga köra, işlab çiqariş quvvatlariga jiddiy zarar yetgan.
Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz viloyat markaziga berilgan raketa zarbasi oqibatida olti kişi halok bölganini ma’lum qildi. Yana 37 kişi yaralangan, ularning barçasi Bryansk viloyat şifoxonasiga yetkazilgan, deb yozdi u Telegram’da.
Uning aytişiça, hodisa joyida “oqibatlarni çeklaş va fuqarolarni evakuatsiya qiliş böyiça çora-tadbirlar” amalga oşirilmoqda. Bu haqda u Rossiya FVVning Bryansk viloyati böyiça boşqarmasi rahbari Dmitriy Yeninga tayanib ma’lum qildi. Bundan oldin Bogomaz “Bryanskning Sovet tumanida yonğin mahsulotlari tufayli tutunlaniş” haqida yozib, aholini köçada kamroq bölişga va binolarda derazalarni yopib qöyişga çaqirgan edi. Qaysi korxona hujumdan zarar körganiga u aniqlik kiritmadi.
Bundan oldin “Kremniy El” zavodiga zarba berilgani haqida Rossiya va Ukraina OAV hamda Telegram-kanallar xabar qilgan edi. Korxona Rossiyada raketa qurilmalari va dronlar uçun mikroelektronika işlab çiqaruvçi asosiy korxonalardan biri hisoblanadi. Astra va Exilenova+ Telegram-kanallari zavod turli qurol tizimlari va harbiy texnikada qöllanadigan elektron komponentlar işlab çiqarişini, xususan, “Pansir” zenit-raketa majmuasi, “Iskander”, “Topol-M”, “Bulava”, S-300 va S-400 zenit-raketa majmualarida işlatiladigan qismlar şu yerda tayyorlanişini bildirmoqda.
Pabliklar şuningdek, Bryanskda raketa xavfi e’lon qilinganidan keyin taxminan 10 ta portlaş sodir bölganini, zavod hududi uzra ulkan tutun buluti kötarilganini yozmoqda.


















