Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak korrupsiya mojarosi ortidan iste’foga chiqdi
28 noyabr kuni Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi (SAP) xodimlari prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning uyini tintuv o‘tkazdi. Byuro xabarida tintuvlarga «sanksiya berilgan va tergov doirasida o‘tkazilayotgani» aytilgan.
Foto: Getty images
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqda Volodimir Zelenskiy xabar berdi.
«Hech kimda Ukrainaga nisbatan savollar bo‘lmasligini istayman. Shuning uchun bugun shunday ichki qarorlar qabul qilindi: Ukraina prezidenti devoni qayta ishga tushiriladi. Ofis rahbari Andrey Yermak iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Men Andreydan muzokaralar trekida Ukrainaning pozitsiyasi u tomonidan har doim qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday taqdim etilgani uchun minnatdorman. Bu har doim vatanparvarlik pozitsiyasi bo‘lib kelgan. Ammo mish-mishlar va spekulyatsiyalar bo‘lmasligini istayman. Ofisning yangi rahbariga kelsak, ertaga men ushbu institutsiyani boshqarishi mumkin bo‘lganlar bilan maslahatlashaman», dedi u.
Andrey Yermak noyabr oyi boshida Milliy aksilkorrupsiya byurosi Ukrainadagi barcha atom elektr stansiyalarini boshqaruvchi «Energoatom» kompaniyasida keng ko‘lamli o‘g‘irliklar fosh etilgani ortidan iste’foga chiqmoqda. Gap kompaniyaning yuzlab million dollarlik xaridlaridan «otkat» olingani haqida ketmoqda. Aksilkorrupsiya idoralari versiyasiga ko‘ra, keng ko‘lamli o‘g‘irlik sxemasining yaratuvchisi va asosiy benefitsiarlaridan biri «Kvartal 95» studiyasining hammuassisi va Volodimir Zelenskiyning safdoshi Timur Mindich bo‘lgan, yuqori martabali amaldorlar ham ehtimoliy benefitsiarlar sifatida ko‘rsatilgan.
20 noyabr kuni Zelenskiy «Xalq xizmatkori» («Sluga naroda») fraksiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, Yermakni ishdan bo‘shatmoqchi emasligini ma’lum qilgan edi.
28 noyabr kuni Ukraina Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) va Ixtisoslashtirilgan aksilkorrupsiya prokuraturasi (SAP) xodimlari prezident ofisi rahbari Andrey Yermakning uyini tintuv o‘tkazdi. Yermakning o‘zi tintuv o‘tkazilganini tasdiqladi. Byuro xabarida tintuvlarga «sanksiya berilgan va tergov doirasida o‘tkazilayotgani» aytilgan. Gap qanday tergov haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmadi.
Mavzuga oid
14:41 / 13.12.2025
Ukraina: Kaspiyda Rossiyaning qurol tashigan ikki kemasiga hujum qilindi
14:23 / 13.12.2025
Tramp Ukrainaning Rossiya “soya floti”ga zarba berishini ma’qulladi
14:06 / 13.12.2025
Moskva Zelenskiyning Donbass bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini rad etdi
13:16 / 13.12.2025