O‘zbekiston | 21:49 / 10.04.2018
4746
3 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi takomillashtiriladi

Foto: migration.uz

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017 yil 16 avgustdagi 3221-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 9 aprel kuni 278-sonli qarorni qabul qildi. Hujjatga ko‘ra:

1. Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchi hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdorlari tegishli ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

2. Aviatsiya va temir yo‘l transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tomonidan mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar ularning muddati tugaguniga qadar amal qilishi belgilab qo‘yildi. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.

4. Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilab qo‘yildi. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Komissiya tarkibini qayta ko‘rib chiqishni hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi. 

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov hamda Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i D.B.Ahmedov zimmasiga yuklatildi". 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid