Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy matbuot markazida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Bu haqida O‘zA axborot agentligi ma'lum qildi.
Tadbir ishtirokchilari Prezidentimiz portreti poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari O‘.Mirzayorov va boshqalar istiqlolimiz asoschisi Islom Karimov tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan ishlar mangulikka muhrlanib qolishini ta'kidladi.
Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning birinchi kunlaridan ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotida tutgan rolini oshirish, soha faoliyatining huquqiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalist kasbining nufuzini kuchaytirish, ijodiy va texnik xodimlarning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga qaratilgan siyosat izchillik bilan amalga oshirildi.
Islom Karimov jurnalistlarimizning hayotga chuqur kirib borishi, taraqqiyotimiz yo‘lida to‘siq bo‘lib turgan muammolarni dadil ko‘tarib chiqish, mavzuga xolisona va haqqoniy yondashish kabi mezonlar matbuotimizning o‘zgarmas qoidasi va prinsipi bo‘lib qolishi darkorligini uqtirardi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.03.2026
Xotirani yaxshilaydigan eng foydali mahsulotlar ma’lum qilindi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
12:57 / 17.02.2025
Akayev, Yanukovich, endi Asad – Moskvadan panoh topgan sobiq hukmdorlar
22:49 / 11.02.2025