Inson huquqlari böyiça Özbekistonning 2030 yilgaça bölgan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi”ga köra, miting, yiğiliş va namoyişlar, şuningdek, ommaviy tadbirlar sohasidagi barça qonunçilik normalarini umumlaştirib, qonun loyihasini takomillaştiriş közda tutilgan.
“Miting, yiğiliş va namoyişlar töğrisida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiş möljallanmoqda.
Bunda, fuqarolarning ommaviy tadbirlarda, miting va namoyişlarda iştirok etişi bilan boğliq munosabatlar tartibini belgilaydigan qonunçilik tizimga solinadi va takomillaşadi.
Fuqarolar va yuridik şaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş hamda konstitutsiyaviy odil sudlovni amalga oşirişning huquqiy mexanizmlarini takomillaştiriş ham rejalaştirilgan.
Bunda:
- konstitutsiyaviy nazoratning samaradorligini oşiriş; konstitutsiyaviy odil sudlovdan foydalaniş böyiça teng imkoniyatlar yaratiş;
- Savdo-sanoat palatasi va Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasini Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqiga ega sub’yektlar doirasiga kiritiş;
- Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlaştiriş dasturini işlab çiqiş;
- sud majlislarini video-konferens-aloqa rejimida ötkaziş közda tutiladi.













