Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta futbol bolalikdagi orzudan boshlanadi. Kia bilan birgalikda - Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga
Kia bolalar ijodiy tanlovini yo‘lga qo‘ydi. Uning g‘olibi nafaqat Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi, balki o‘ziga xos va chindan ham tarixiy imkoniyat - Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati vaqtida maydonga to‘p olib chiqish sharafiga ega bo‘ladi.
Foto: Kia
Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati — millionlab insonlar orzu qiladigan voqea. O‘zbekistonlik bir bola uchun esa bu orzu Kia bilan birga ro‘yobga chiqishi mumkin. Tanlov g‘olibi va unga bir nafar katta yoshli hamroh bilan Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga unutilmas sayohat kutmoqda.
Tanlovning mukofot jamg‘armasi bir nafar g‘olib va bir nafar katta yoshli hamroh uchun Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga ikkita yo‘llanma, shuningdek, 2026 yil 23 iyun kuni Xyuston shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan rasmiy o‘yin vaqtida to‘pni maydonga olib chiqish huquqini o‘z ichiga oladi.
Tanlovda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin.
Yo‘llanma bo‘yicha sayohat tarkibi:
• xalqaro va ichki aviaparvozlar;
• mehmonxonalarga joylashish;
• aeroport – mehmonxona – aeroport transferi;
• Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga chiptalar.
Ovqatlanish, shaxsiy xarajatlar, shuningdek, viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni ishtirokchilar o‘zlari to‘laydi. Sayohatni tashkil etish va g‘olibni kuzatib borish Kia tomonidan ta’minlanadi.
Ishtirok shartlari
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:
● «Kia bilan birga Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionatiga» mavzusida bolaning iste’dodini (har qanday turda) namoyon etadigan 15-30 soniyalik Reels formatdagi videorolik yaratish;
● Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bolaning vasiysi sahifasida tanlov tashkilotchisining @kia__uzbekistan rasmiy akkauntini belgilab, #KiaKidsFIFA2026 xeshtegini ko‘rsatgan holda videorolik joylashtirish;
● vasiyning aloqa ma’lumotlari va joylangan videoga havolani ko‘rsatgan holda www.kia.uz rasmiy veb-saytidagi ishtirokchi shaklini to‘ldirish.
G‘olib qanday aniqlanadi
Tanlovda bitta g‘olib aniqlanadi. G‘olibni aniqlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Texnik saralash:
Barcha videolar tanlov shartlariga muvofiqligi bo‘yicha majburiy moderatsiyadan o‘tadi:
● ishtirokchining yoshi — 10-14 yosh;
● bitta ishtirokchidan bitta video;
● videoni joylashtirish shartlariga rioya qilingan:
– rasmiy xeshteg;
– Kia akkaunti belgilangan;
– ochiq profil;
● kia.uz saytidagi ishtirokchi shakli to‘ldirilgan.
Hakamlar hay’ati baholashi:
● Har bir ish 5 ta asosiy mezon bo‘yicha baholanadi;
● Har bir mezon bo‘yicha baholash — 1 dan 10 ballgacha.
Baholash mezonlari:
● Kreativlik — g‘oyaning qanchalik o‘ziga xos, noodatiy va qiziqarli ekani;
● Futbol mavzusi — futbol bilan bog‘liqlikning mavjudligi va sifati;
● Hissiylik — video his-tuyg‘ularni uyg‘otadimi: quvonch, ilhom, tabassum;
● Bolaning mustaqilligi — bolaning iste’dod va g‘oyani o‘zi namoyon etgani qay darajada ko‘rinadi (o‘zi o‘ylab topgan, chizgan, raqsga tushgan, o‘ynagan va h.k.);
● Taqdim etish va format — videoning yaxlitligi, g‘oyaning tushunarliligi, taqdim etish va qabul qilish sifati.
G‘olibni aniqlash:
● Hakamlar hay’atining har bir a’zosi barcha mezonlar bo‘yicha ball qo‘yadi;
● Barcha ballar umumlashtiriladi;
● Eng ko‘p umumiy ball to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
Ballar teng bo‘lgan taqdirda hal qiluvchi ovoz Kia bosh ofisi vakilida qoladi.
Tanlov haqida
Bolalar tanlovi Kia brendining Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati bilan global hamkorligi doirasida o‘tkazilib, bolalarning iqtidori, ijodkorligi va sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ishtirok etishning batafsil shartlari, o‘tkazish muddatlari va g‘olibni aniqlash qoidalari bilan www.kia.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.
Katta futbol bolalikdagi orzu, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi va o‘ziga bo‘lgan ishonchdan boshlanadi.
Video yozib oling, farzandingizni qo‘llab-quvvatlang va unga Kia bilan birga Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati maydoniga chiqish imkoniyatini taqdim eting.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
15:00 / 26.03.2026
Orzu o‘yin maydoniga tushganda: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ bolalar tanlovi g‘olibi aniqlandi
19:00 / 16.02.2026
Kia 2025 yil natijalarini sarhisob qildi va O‘zbekistonda 2026 yilga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini belgilab berdi
15:00 / 10.02.2026