Brend chindan ham ilhomlantiruvchi sovrin jamg‘armasi — O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati o‘yinlariga 9 ta yo‘llanma bilan keng ko‘lamli aksiyani ishga tushirmoqda.
Mazkur aksiya — bu oddiy yutuqli o‘yin emas.
9 ta yo‘llanma. Jahon futboli markazida bo‘lish uchun 9 ta imkoniyat.
Bu Kia mijozlari uchun yilning asosiy futbol tadbirining bir qismi bo‘lish, FIFA stadionlarida hukm suradigan muhitni his qilish va O‘zbekiston terma jamoasini jahon arenasida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir.
G‘oliblarni shunchaki safar emas, balki yilning asosiy futbol tadbiri haqiqiy his-tuyg‘ularini taqdim etadi: madhiyalar, to‘lgan tribunalar, har bir lahzaning shiddati va jahon futboli tarixiga daxldorlik tuyg‘usi.
G‘oliblar ishtirok etadigan o‘yinlar:
● 2026 yil 18 iyun — O‘zbekiston – Kolumbiya, Mexiko (Meksika);
● 2026 yil 23 iyun — O‘zbekiston – Portugaliya, Xyuston (AQSh);
● 2026 yil 28 iyun — O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o‘yin, Atlanta (AQSh).
Har bir safarga quyidagilar kiradi:
● xalqaro va ichki aviaparvozlar;
● mehmonxonalarga joylashish;
● aeroport – mehmonxona – aeroport transferi;
● futbol bo‘yicha FIFA 2026™ jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar.
* Ovqatlanish, shaxsiy xarajatlar va viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni ishtirokchilar o‘zlari qoplaydi.
Aksiyada qanday ishtirok etish mumkin?
Aksiya Kia’ning ham yangi, ham amaldagi mijozlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan.
Yangi mijozlar uchun
Yangi Kia avtomobilni 2026 yil 28 fevralga qadar istalgan rasmiy dilerlik markazidan xarid qilish kifoya — xaridor avtomatik ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.






