Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent maktablarida 10- va 11-sinf xonalari kamera bilan jihozlanadi
Kameralar «ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish, o‘quvchilar davomatini kuzatish va o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholash» uchun mo‘ljallangani ta’kidlanmoqda.
Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarida 10- va 11-sinf xonalariga o‘quvchilarni kuzatish uchun maxsus kameralar o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimi qarorida (.pdf) belgilangan.
Qayd qilinishicha, Smart School elektron dasturi avvalo Olmazor tumanida sinov tariqasida 31 ta umumta’lim maktabining 250 ta sinfida joriy etiladi.
Ta’kidlanishicha, kameralar «ta’lim sifatini doimiy nazorat qilish, o‘quvchilar davomatini kuzatish, ruhiy holatiga sun’iy intellekt orqali baho berish, shuningdek, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishi va o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholash» uchun mo‘ljallangan.
Qarorda kameralarni o‘rnatish tuman mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Qayd qilinishicha, taklif Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan bildirilgan.
Mavzuga oid
12:40 / 26.12.2025
“Toshkent–Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi poyezdlar uchun yangi liniya quriladi
23:34 / 25.12.2025
Toshkent shahri uchun dizayn-kod ishlab chiqildi
18:37 / 25.12.2025
Ko‘p funksional inklyuziv-resurs maktabi tashkil etiladi
16:25 / 25.12.2025