Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shved akademiyasi Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan Bob Dilan bilan bog‘lana olmadi
Foto: Paul Buck/EPA
Shved akademiyasi adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Bob Dilan bilan bog‘lanishning uddasidan chiqmadi. Bu haqida 14 oktabr, juma kuni akademiya matbuot kotibi Ulrika Chellin TASS agentligiga ma'lum qildi.
"Biz uning agenti bilan bog‘landik, biroq Bob Dilan Las-Vegasdagi konsertidan oldin uxlayotgan ekan, shu bois u bilan shaxsan gaplasha olmadik", - deya ta'kidladi u. Chellin Shved akademiyasining doimiy kotibasi Sara Danius kun bo‘yi Dilanga qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilganini ta'kidladi.
Manbaga ko‘ra, u Dilanning 10 dekabrda bo‘lib o‘tadigan mukofotni topshirish marosimiga kelish-kelmasligini aniqlashi zarurligini aytgan.
Kecha 13 oktabr, payshanba kuni Las-Vegasda Dilanning konserti bo‘lib o‘tdi. The Guardian ma'lumotiga ko‘ra, konsert davomida qo‘shiqchi Nobel mukofoti haqida hech narsa demagan.
Shu kuni Dilan "Amerika qo‘shiqchilik an'analari doirasidagi yangi she'riy ifodalari uchun" mukofotga munosib ko‘rilgan. Mukofot puli 2016 yilda 8 million shved kronini (923 ming AQSh dollari) tashkil qildi. Sara Danius ekspertlarni bunday qaror uchun ayblamasliklariga umid bildirdi va Bob Dilanni Gomer va Safoga tenglashtirdi.
Mavzuga oid
17:41 / 06.10.2022
Short-listdagi favorit: Zelenskiy Nobel mukofotini oladimi?
12:54 / 05.10.2021
Nobel haftaligi: Tibbiyot bo‘yicha 2021 yilgi sovrindorlar e'lon qilindi
20:12 / 23.09.2021
2021 yilda Nobel sovrindorlari mukofotni o‘z davlatlarida oladi
19:20 / 31.01.2021