Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Leonardo Di Kaprio adashi da Vinchi rolini o‘ynaydi
Foto: oscar.go.com
Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio italiyalik rassom Leonardo da Vinchi haqidagi filmda bosh rolni o‘ynaydi. Suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma'lum.
Filmga amerikalik jurnalist va Time nashrining sobiq muharriri Uolter Ayzekson kitobi asos qilib olinadi. Bu kitob oktabrda AQShda sotuvga chiqariladi. Avvalroq Ayzekson Apple kompaniyasining marhum rahbari Stiv Jobs haqida bestseller yozgandi. Bu kitob asosida Denni Boyl rejissyorligida, aktyorlar Maykl Fassbender va Keyt Uinslet ishtirokida film suratga olingan.
OAVning ma'lum qilishicha, mashhur rassom haqidagi filmni suratga olish huquqini Paramount Pictures sotib olgan. Di Kaprio film prodyuserlaridan biri bo‘ladi. Variety nashri ma'lumotlariga ko‘ra, aktyor bu roli uchun “yetti raqamli gonorar” oladi.
Di Kaprioning ta'kidlashicha, u buyuk rassom va ixtirochining rolini o‘ynashni juda istagan, chunki uning nomi onasi tomondan aynan da Vinchi sharafiga Leonardo deb qo‘yilgan.
Mavzuga oid
16:19 / 09.01.2026
Da Vinchiga tegishli bo‘lishi mumkin: rasmda DNK izi topildi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
20:26 / 09.01.2020
Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi
08:10 / 11.06.2019