Rassom Leonardo da Vinçi möyqalamiga mansub va yöqolgan deb hisoblanayotgan “Dunyo xaloskori” surati Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon yaxtasida saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda san'at sohasiga ixtisoslaşgan Artnet portali suratning sotib olinişida iştirok etgan manbalarga tayanib xabar berdi. 

Da Vinçining surati ma'lum vaqt yöqolgan deb hisoblanib kelgan. 2017 yilda u 450 mln dollarga xususiy kolleksionerga sotilib, tarixdagi eng qimmatbaho san'at asariga aylangandi. 

New York Times naşri ma'lumotlariga köra, suratni valiahd şahzodaning dösti Badr bin Abdulloh bin Muhammad bin Farxon Ol Saud sotib olgan. Keyinroq Çristie's auksion uyi suratni Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti sotib olganini xabar qilgan. Ma'lum vaqtdan keyin Parijdagi Luvr muzeyining BAAdagi muzey-filiali surat ularda tomoşaga qöyilişini e'lon qilgan, biroq keyinroq uning taqdimotini keyinga qoldirgan. Şundan keyin OAVda muzey xodimlari surat qayerda ekanligini bilmasliklari haqida xabar tarqalgan.

Artnet ma'lumotlariga köra, surat valiahd şahzodaning Serene nomli yaxtasiga yetkazilgan va Saudiya Arabistoni Al-Ula şahrida yirik madaniy markaz qurmagunça yaxtada qoladi.

Avvalroq Leonardo da Vinçining tasviriy san'ati texnikasi böyiça fransiyalik mutaxassis Jak Frank “suratning da Vinçi möyqalamiga mansubligi borasida şubhalar borligini” ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, surat maşhur rassom tomonidan emas, balki uning şogirdi, Salai taxallusi bilan ijod qilgan Jan Jakomo Kaprotti tomonidan yaratilgan. Frankning ta'kidlaşiça, suratning yaratilişida da Vinçi iştirok etgan, biroq bu iştirok “kiçik körinişda” bölgan.