Jamiyat | 11:40 / 10.12.2017
66194
2 daqiqa o‘qiladi

National Geographic yilning eng yaxshi suratlarini tanladi. Ular orasida O‘zbekiston manzarasi ham bor

National Geographic nashri 2017 yilga yakun yasab, butun dunyodan o‘zining mualliflari yuborgan suratlar ichidan 57 ta eng yaxshi suratni tanlab oldi. Hakamlar hay'ati bu suratlarni 2 mln.ga yaqin surat ichidan tanlab oldi.

Suratlar oylar bo‘yicha taqsimlab chiqilgan. Aksariyat suratlar biror voqea yoki muammoni aks ettiradi. 

Quyida ushbu suratlardan bir nechtasi keltirilgan.

Foto: National Geographic

Yozuvchi Mark Sinnott O‘zbekistondagi tog‘da.

Foto: National Geographic

Kit Meksikada sayyohlar yoniga suzib keldi.

Foto: National Geographic

Keniyada joylashgan priyutdagi yetim filchalar.

Foto: National Geographic

Nepallik Mauli Dxan 90 metr balandlikda asal yig‘moqda.

Foto: National Geographic

Avstraliyalik ovchilar va ular tomonidan o‘ldirilgan timsoh.

Foto: National Geographic

Imperator pingvinlari okeanda ozuqa izlamoqda.

Foto: National Geographic

Shotlandiyaning Loxkarronidagi bug‘ular. 

Foto: National Geographic

Toronto universiteti psixologi infraqizil spektroskopiya yordamida odamlarda yolg‘onchilikning rivojlanishini o‘rganmoqda.

Foto: National Geographic

Fernandin orolida ikkita dengiz iguanasi mumiyoga aylangan boshqa bir iguana oldida.

Mavzuga oid