O‘zbekiston | 11:38 / 28.11.2019
24982
6 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navo ma'lum qilindi

Foto: Pixabay

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 26 noyabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 36 000 so‘mdan 64 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (64 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 600 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (1 600 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", «Damariq dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 800 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da (800) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (4 500) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 500 so‘mdan 11 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori»da kuzatildi (5 500 so‘m). Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori»da qayd etilgan (11 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori»da (4 000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 9 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 200 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (5 200) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» va «Eski shahar dehqon bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori» va «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori» hamda Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (6 500) so‘mdan kuzatildi.

Mavzuga oid