Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil muddatda quriladi
Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li qurilishi vaqti 6 yil 3 oyni tashkil etishini ma’lum qildi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lda 10 ta tunnel bo‘ladi.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li bo‘yicha Jahon banki bilan ishlab chiqilgan loyihaning asosiy jihatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda Gazeta.uz muxbiri.
Vazir o‘rinbosari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lning 64 foizi yangi qurilishi, 36 foizi esa rekonstruksiya qilinishi kutilmoqda. Uzunligi 314 kilometr bo‘lgan I-a kategoriyasidagi yo‘l 6 qatordan iborat bo‘ladi. Yo‘lning qurilish muddati 6 yil 3 oyni tashkil etadi.
Jarayon uch bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqichda Toshkent-Angren (78 km), ikkinchi bosqichda Angren-Pop (93 km), uchinchi bosqichda esa Pop-Andijon (143 km) qismlari quriladi. Yo‘l sement-beton qoplamali bo‘ladi.
Pulli yo‘lda jami 102 ta sun’iy tuzilma qurilishi kutilmoqda. Undagi yo‘l o‘tkazgichlarning jami uzunligi 1122 metrga yetadi. Yo‘lda jami 10 ta tunnel bo‘lishi va ularning umumiy uzunligi 33 kmga yetishi kutilmoqda. Eng uzun tunnel 6787 metrni tashkil etadi.
Mazkur yo‘l qurilishi Toshkentdan Andijonga safar qilish vaqtini hozirgidan 2 soat 14 daqiqaga kamaytirish imkonini beradi. Loyiha qiymati 4,28 mlrd (2023 nominal narxida) dollarni tashkil etadi. Mazkur yo‘l qurilishi bo‘yicha davlat-xususiy sherikchilik kelishuvi 49 yil muddatga amal qiladi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
09:45 / 18.12.2024