Noqonuniy laboratoriyalardan 60 mingdan ortiq 122 turdagi dori vositalari topilgan. Ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta işlangan holatda bölgan.
Andijonda aholi salomatligiga jiddiy xavf tuğdiruvçi sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotgani foş qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX Çegara qöşinlari va Bojxona organlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Andijon şahri hamda Asaka tumanida yaşovçi 3 kişi öz uyida qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlaş bilan şuğullanib kelgani aniqlangan.
Tekşiruvlar davomida xonadonlarda maxsus jihozlangan noqonuniy laboratoriyalar borligi ma’lum bölgan. Ulardan 1,1 mlrd sömlik, jami 122 turdagi 60 mingdan ortiq tibbiy dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, mazkur mahsulotlar Qirğizistondan noqonuniy ravişda olib kirilgan. Ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta işlangan holatda bölgan.
Qayd etilişiça, hozirda aniqlangan holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkent şahrida qiymati qariyb 800 mln sömga teng bölgan noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.

















