Jahon | 18:47 / 18.04.2018
4404
1 daqiqa o‘qiladi

Spilberg o‘zining birinchi superqahramonlik filmini suratga oladi

Foto: Chris Pizzello/AP

Stiven Spilberg DC comics'ning Qora lochin to‘g‘risidagi komiksini ekranlashtiradi. Bu haqda USA Today Warner Bros. studiyasi raisi Tobi Emmerixning bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Bu Spilbergning DC komikslari bo‘yicha birinchi filmi bo‘ladi hamda superqahramonlik janridagi ilk kartinasiga aylanadi. Film ssenariysi ustida «Yura davri bog‘i» va «Olamlar urushi» ssenariychisi Devid Kepp ishlaydi. Kartina syujyeti Qora lochin bosh qahramoni atrofida quriladi, u Ikkinchi jahon urushi vaqtida professional uchuvchilar guruhiga rahbarlik qiladi.

Yangi film qachon katta ekranlarga chiqishi hozircha noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Stiven Spilberg barcha davrlarning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli kinematografisti maqomini mustahkamlab, filmlari jahon prokatida 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan ilk rejissyor sifatida e'tirof etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid