22:13 / 18.12.2016
15129

Stiven Spilberg va uning "Oskar"lari (fotojamlanma)

Zamonamizning eng omadli rejissyor va prodyuserlaridan biri Stiven Spilberg 1978 yilda "Uchinchi bosqichdagi yaqin aloqalar" fantastik filmidagi rejissyorlik ishi uchun ilk marta "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan. Bu vaqtga kelib, Spilberg televideniyeda muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. Shuningdek mavsum xitiga aylangan, ulkan akula ovi haqidagi "Jag‘lar" trillerini yaratgan. Shunisi qiziqki, qachonlardir uni "rejissyorlikka yaroqsizligi uchun" kino maktabiga qabul qilishmagan. 80-yillar  Spilbergga omadli kelib, deyarli har yili "Oskar"ga uning nomzodi qo‘yilar edi. "Safsar ranglar" kartinasi esa 1986 yilda 11 nominatsiya bo‘yicha yuksak mukofotga nomzod bo‘lgan, biroq ularning birortasida g‘olib bo‘lish nasib etmagan. 1994 yilda Spilberg, nihoyat, o‘zining birinchi "Oskar"ini qo‘lga kiritdi - u biryo‘la ikki yo‘nalish bo‘yicha g‘alaba qozondi: "Shindler ro‘yxati" prodyuseri va rejissyori. 1999 yilda "Askar Rayanni qutqarish" harbiy dramasi uchun yana bir "Oskar" mukofotiga munosib ko‘rildi. 2000-yillarda ham bu an'ana davom etdi - Spilbergning nomi muntazam ravishda Amerika kino akademiyasining yuksak mukofoti nomzodlari qatorida qayd etib kelindi, faqat bu safar rejissyor emas, prodyuser sifatida - "Myunxen", "Jangovor tulpor", "Linkoln" va "Josuslar ko‘prigi". Bugun 18 dekabr kuni dunyo tan olgan kino arbobi Stiven Spilberg 70 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan "Gazeta.ru" nashri uning fotojamlanmasini taqdim etdi. 

Wikimedia Commons

"O‘zga sayyoralik" filmi s'yomkalarida 

Wikimedia Commons

"O‘zga sayyoralik" filmini suratga olish jarayonida 7 yoshli Dryu Berrimor bilan

Wikimedia Commons

"Jag‘lar" filmi s'yomkasida

Wikimedia Commons

"Indiana Jons" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Yura davri parki" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Askar Rayanni qutqarish" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

Spilberg Pentagonda

Wikimedia Commons

"Shindler ro‘yxati" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Uddasidan chiqsang, meni tutib ol" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Dunyolar jangi" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Linkoln" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

"Josuslar ko‘prigi" filmi s'yomkalarida

Wikimedia Commons

Spilberg ish jarayonida

Wikimedia Commons

Spilberg oila davrasida

Wikimedia Commons

Spilbergning Shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi

 

Mavzuga oid
Top