Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 70 ta mahallada tibbiyot punktini tashkil etish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi
Foto: Xalq so‘zi
Xorazm viloyatining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan 70 ta mahallasida yangi turdagi tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
Ular quyidagilar:
- Bog‘ot tumani – “Saxovat”, “Qalajiq qal’a”, “Qorabog‘”, “Namuna”, “Navro‘z”, “Ma’naviyat”, “Gulzor” mahallalari;
- Gurlan tumani – “Chinobod”, “Olg‘a”, “Shang‘i”, “Esabiy”, “Olchin”, “Besh uy” mahallalari;
- Qo‘shko‘pir tumani – “Dovud”, “Durdona”, “Ko‘nazey”, “Ittifoq”, “Mehnadobod”, “Amirqum” mahallalari;
- Urganch tumani – “H.Olimjon”, “K.Otaniyozov”, “Jayhun”, “Killavut”, “G‘alaba (Hayvat)”, “Tandirchi”, “Shoxidonlar”, “Qoramon” mahallalari;
- Hazorasp tumani – “Yangiobod”, “Yuqori Shovot”, “Istiqlol”, “Qovunchi”, “Oq maydon”, “Bog‘i Eram”, “Zehnli” mahallalari;
- Xiva tumani – “Juryon”, “Qumyop”, “Otajon to‘ra”, “Sayot”, “Qoraqum”, “Xorvuz”, “Serchali”, “Avaz dunak” mahallalari;
- Xonqa tumani - “Madaniy yer”, “Madaniyat”, “Navro‘z”, “Ilg‘or” mahallalari;
- Shovot tumani - “Idali Qal’a”, “Eshonqal’a”, “Yangi Burloq”, “Navro‘z”, “Chig‘atoy”, “Oydin”, “Qirg‘oq bo‘yi”, “Xitoy” mahallalari;
- Yangibozor tumani – “Yangiobod”, “Katli”, “Achaqal’a”, “Qadriyat”, “Barhayot”, “Shoirlar”, “Barhayot”, “Shoirlar” mahallalari;
- Yangiariq tumani – “Uyg‘ur”, “Qorako‘z”, “Yangiyer”, “Qo‘ng‘irot” mahallalari;
- Tuproqqal’a tumani – “Nurobod”, “Yakka Chiqir”, “Nukus”, “Hazorasp” mahallalari.
Buning uchun Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin majmuasidan konteynerlar keltiriladi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining talabiga asosan olis va chekka hududlarda konteynerlarni o‘rnatish uchun yer maydonlari tanlanadi hamda belgilangan tartibda ajratiladi.
Tibbiyot punktlarini tashkil etish uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish, infratuzilma yaratish (elektr, suv, oqova suv tizimi, atrofni obodonlashtirish va boshqalar), zarur jihozlar bilan ta’minlash orqali ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi.
Barcha xarajatlar mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 23.01.2023
Toshkentda yil oxirigacha 170 ta konteynerda tibbiyot punktlari tashkil etiladi
11:10 / 17.12.2022
Inson qadriga farg‘onacha "munosabat": Shifokorlar va bemorlarning kuni choyxona binosiga qoldi
08:01 / 29.03.2022