Ma’lum bo‘lishicha, tenderda g‘olib bo‘lgan “Universal Proekt Servis” xususiy korxonasi tomonidan Oilaviy shifokorlik punktida kapital ta’mirlash ishlari boshlangan.

Bino 2021 sentabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak edi. Lekin binoda ishlar chala tashlab ketilgan.

Tabibning o‘zi bemor...

“Hozirgi ishlayotgan joyimiz aslida choyxona binosi bo‘lgan. Avariya holatiga kelib qolgan binoda qurilish boshlangan paytda choyxonaga ko‘chib o‘tdik.

Madiboboyeva Mastura, hamshira

Shu yil ikkinchi yil shu binoda qishlashimiz. Kasal bo‘lmagan xodimlar qolmadi. O‘zim ham majburlikdan ishlayapman. Boqa-chaqani boqish kerak-ku. Tepadan ish talab qilishadi. Noilojlikdan sovuq xonada o‘tiramiz. Qishlog‘imiz katta. 5 300 nafar aholiga xizmat ko‘rsatamiz. Jami 22 xodim ishlaydi.

2 yil deganda yangi bino qurib bitkazildi. Nima sababdan ko‘chmayapmiz, bilmayman. Bino bitgach, tozalab ham keldik. Isitish tizimida muammo bor deyishdi”, – deydi OShP hamshirasi Mastura Madiboboyeva.

Oilaviy shifokorlik punkti o‘t yoquvchisi G‘ayratjon Hakimov quruvchi tomonidan ishlar chala tashlab ketilganini ta’kidladi.

“Avvalgi qishloq vrachlik punkti  yaroqsiz holga kelgan edi. 2020 yilda buzilib yangisi quriladigan bo‘ldi. Ustalar kelib qurilish ishlari boshlandi ham. Lekin bino bitgani bilan juda ko‘p muammolari bor. Ko‘p ishlar chala qolib ketdi.